Gorilla Glass 5 rasman taqdim etildi

Corning kompaniyasi smartfon va planshetlar uchun himoyalangan ekran shishasining 5 avlodini rasman namoyish qildi.

gorilla-glass-5-1280x710-640x355

Gorilla Glass 5 hozirgi versiyadan ko’ra anchagina kuchaytirilgan, yangi versiyadagi shisha endi 1.6 metr balandlikdan tushirib yuborilgan taqdirda ham hech qanday zarar yetmaydi. Gorilla Glass 4 esa 1 metr balandlikdan qulashga bardosh bera oladi.

Kompaniyaning yangi himoyalangan shisha turini chiqarishiga asosiy sabablardan biri 1m balandlikning yetmasligi, chunki gadjetlarning tushirib yuborilish holatlari asosan gaplashayotganda yoki selfiga olinayotganda ro’y beradi va bu esa o’z o’rnida 1 metrdan baland masofa demakdir.

Gorilla Glass 5 2016-yilning kuz oyidan boshlab ishlab chiqariladi.

 

Manbaa: Corning

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.