Huawei Honor Note 8 taqdim etildi

Huawei kompaniyasi 6.6 dyuymdagi Super AMOLED displeyga ega Honor Note 8 fabletini taqdim etdi.

Yirik hajmdagi fabletning korpusi metaldan ishlangan bo’lib qalinligi 7.18mm, og’irligi esa 219 grammni tashkil etdi.

note8-11-640x135

Smartfon ichida 8 yadroli Kirin 955 protsessori Mali T880 MP4 grafik yordamchisi, 4GB operativ xotira, 32/64/128GB ichki xotira, 13 asosiy va 8MP frontal kameralar hamda 4500mAs quvvatli akkumulyator joylashgan.

honor2

Bundan tashqari smarfon barmoq skaneri, USB Type-C va tezkor quvvat olish texnologiyalari bilan jihozlangan.

honor-note-8-02

Fablet 2 xildagi kulrang va tillarangda ishlab chiqariladi. Uning narxi: 32GB — 346 dollar, 64GB — 376 dollar, 128Gb — 421 dollar deb belgilandi.

 

Manbaa: Android community

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.