Afrikada ishlab chiqarilgan ilk smartfon

Amerikada – “Apple”, Osiyoda – “Samsung” bo‘lsa, Afrikada – VMK bo‘ladi, deydi afrikalik biznesmen Verone Mankou.

Uning kompaniyasi Afrikada ishlab chiqilgan ilk smartfon va planshetni sotuvga chiqarmoqda. Apparatlar Android mobil platformasi bazasida ishlaydi.

VMK Elikia smartfoni. Foto: VMK

VMK hozirda “Way-C” deb nomlangan planshet hamda “Elikia” deb nomlangan smartfonini Afrika bozoriga chiqardi. Kompaniya rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra “Way-C” – “yulduzlar yorug‘ligi”, “Elikia” esa – “umid” ma’nosini beradi.

“Way-C” planshetining kattaligi xuddi “Samsung Galaxy Tab”nikidek bo‘lib, uning narxi 300 dollar. “Elikia” smartfonining narxi esa 170 dollar turadi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.