Chromda Android uchun geympadlar yordami paydo bo’ladi.

Google kompaniyasi Chrome brauzerining mobil versiya bilan jiddiy shug’ullanishga kirishdi. Shu xaftada Chrome Betada keyingga qoldirib o’qish va media ma’lumotni orqa planda qo’yib berish vazifasi paydo bo’ldi. Eng yangi to’plamga Chrome Dev 55ni ishlab chiquvchi mutaxassislar uchun yana bir necha yangi kiritilgan tartib-qoida qo’shilgan. Ma’lumki, Chrome 53da Android Pay tizimi orqali to’lovlarni amalga oshirish paydo bo’ldi. Yangi to’plamda Google smartfonning yoki planshetning kamerasi orqali kartani qo’shish imkoniyatini qo’shdi. Bu demak, agar siz Android Payda yangi bank kartasini ro’yxatga olmoqchi bo’lsangiz, unga qaratib shunchaki kamerani to’g’rilash yetarli, keyin esa qo’rilma mustaqil ravishda uning raqamini, ishlash muddatini va foydalanuvchining ismini aniqlaydi.

Aytib o’tish lozimki, to’lov kartasini qo’shish vazifasi hozircha o’z-o’zidan ishlab ketmayapti. Uni yoqish uchun chrome://flagsga kirish va «scan-cards-in-web-payments» opsiyasini aktivlashtirish kerak.

Chrome Dev 55da ikkinchi o’zgarish Gamepad API brauzeri yordami bilan bog’liq. Bu demak, Chromeda veb-o’yinlarda boshqarish uchun geympadlardan foydalanish mumkin bo’ladi. Eslatib o’tamiz, yaqinda «krestiki-noliki» va «Kosinka» pasyans Google qidiruvida paydo bo’ldi. Balki, Google keyinchalik ham qo’rilma o’rnatmasdan bevosita brauzerda ilovalarni va o’yinlarni chiqarish g’oyasini jadallashtirishni xohlar. Geympadlarning yordamini chrome://flags → «enable-gamepad-extensions» da aktivlashtirishingiz mumkin.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.