Birinchi 1 terabaytlik SD-karta namoyish etildi

SanDisk Corporation kompaniyasi Kyolndagi Photokina ko‘rgazmasida 1 terabayt sig‘imga ega SD-kartani namoyish etdi. Unda 14 soatlik 4K-video saqlash mumkin.

2014-yilgi Photokina ko‘rgazmasida ishlab chiqaruvchi 512 Gb sig‘imli ilk SDXC kartasini namoyish qilgan edi.

Yangi karta o‘ta yuqori sifatdagi (4K va 8K) video rivoji va mashhurligiga javobdir. U doimiy xotirada juda ko‘p joy egallaydi. Apple iPhone 7 va 7 Plus’ning 16 Gb li versiyalaridan voz kechishiga asosiy sabab 4K-video suratga tushirish imkoniyati bo‘lgan edi.

2015-yilda Western Digital Corp. tomonidan 19 milliard dollarga sotib olingan SanDisk vakillari karta Ultra HD 4K va 8K formatidagi video, shuningdek, 360 darajali hamda virtual reallik videolarini yozishda talabgir bo‘lishini aytmoqda.

Taqdim etilgan karta prototip bo‘lgani bois uning texnik tavsifi oshkor etilmadi. Karta qachon va qanaqa narxda sotuvga chiqarilishi keyinroq e’lon qilinadi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.