GoPro yangi Hero5 Black va Session ekshn-kameralarini taqdim etdi

GoPro kompaniyasi yangi Hero5 Black kamerasini va Hero5 Session ixcham modelini e’lon qildi. «Katta» model sensorli ekran, yangi interfeys va suvdan himoyalanish uchun qo’shimcha keysni talab qilmaydigan suvga qarshi himoyalangan korpusga ega.

Hero5 Black

GoPro Hero5 Black kamerasi endi korpusni suyuqlik kirishidan himoya qiladigan qo’shimcha keysga muhtoj emas. Yangi mahsulotni suv ostiga 10 metr chuqurlikka qo’rqmasdan shung’itish mumkin. Kompaniya, shuningdek nazorat qiladigan tugmalardan xolos bo’ldi.

Endi sozlamalarini 2-dyuymli sensorli ekran yordamida, yoki ovozli buyruqlardan foydalanib o’zgartirish mumkin. Bosilishi bilanoq avtomatik yozishni boshlaydigan faqat bitta yoqadigan tugmasi qoldi.

Kamera 4K aniqlikgacha bo’lgan elektron stabilizasiya bilan soniyasiga 30ta kadrli video yozib olish mumkin. Ovoz uchta mikrofondan stereo formatida yoziladi. 12 megapiksel aniqligida (RAW formati mavjud )  suratga olish mumkin. Bundan tashqari, qo’rilmada GPS va C-tipidagi USB razyomi paydo bo’ldi.

GoPro Hero5 Black $ 399 turadi, Rossiyadagi rasmiy narxi — 31 990 rubl.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.