Toshkentda Intellect2all IT loyihalar tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Tanlov doirasida eng yaxshi IT loyihalar tanlab olindi va uch yo‘nalish: veb-ishlanmalar, mobil dasturlar hamda virtual reallik nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Tanlovda 1,8 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi. Saralash bosqichlarida 80 dan oshiq IT loyihalar ko‘rib chiqildi.

Samarqand, Farg‘ona, Buxoro, Qarshi, Navoiy, Xorazm va Toshkentdagi saralash bosqichlaridan o‘tgan 40 loyiha muallifi finalga yo‘l oldi.

Xabar berishlaricha, har bir yo‘nalish g‘olibiga 10 million so‘mdan pul mukofoti berildi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.