Google’ning yangi messenjYeri ishga tushdi

Google’ning yangi messenjYeri – Allo dasturi haqidagi ilk ma`lumotlar may oyida o’tgan I/O anjumanida paydo bo’lgandi.

Google Allo’ning chiqishi sanasi haqida internetda @evleaks tahallusi bilan ma`lum bo’lgan Evan Blass ma`lum qildi. U o’zining tvitterdagi sahifasida messenjYer 21 sentyabrda chiqishini ma`lum qilgan edi.

Dasturchilarning aytishicha, dastur Google’dagi hisobga oluvchi yozuvga emas, telefon raqamiga bog’lanadi. MessenjYer Expressions funktsiyasini oladi, uning yordamida foydalanuvchi o’zining his-tuyg’ularini aniqroq ifoda qilish uchun yuborilayotgan habardagi matn o’lchamini tanlay olishi mumkin bo’ladi.

Yana bir kutilayotgan funktsiya Smart Reply bo’lib, u foydalanuvchiga suhbatdoshining habarlariga aqlli javob variantlarini taqdim qiladi. Bunda doimo takomillashadigan algoritm hattoki fotosuratlardagi ob`Yektlarni ham taniy oladi.

Google avgust o’rtasida videoqo’ng’iroqlar uchun Duo dasturini ishga tushirgandi. Dasturning o’ziga hos jihati Knock Knock funktsiyasi bo’lib, unga ko’ra foydalanuvchi qo’ng’iroqqa javob berishdan avval suhbatdoshining old kamerasidagi tasvirni ko’ra oladi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.