iPhone’ni «sindiradigan» Google smartfoni chiqadigan sana ma`lum bo’ldi

Google kompaniyasi yangi smartfonlarining taqdimot vaqti yaqinlashgani sari, internet tarmog’ida turli hil mish-mishlar va hatto mahfiy suratlar ham paydo bo’lmoqda.

Yangi suratlarda ishlayotgan Pixel va Pixel XL smartfonlari aks etgan bo’lib, bunda foydalanuvchilar gadjYetlarni ikki tomonidan ham ko’rish imkoniyati mavjud.

Ularga ko’ra, smartfonlar korpusi alyuminiydan yasaladi, orqa qopqog’ining tepa qismini barmoq izini oluvchi shishali skaner egallaydi.

Insayderlarning so’zlariga ko’ra, Pixel XL telefoniga 5,5 dyuymli displey, Qualcomm Snapdragon 821 protsessori va 4 Gbaytlik operativ hotira o’rnatiladi. Kichikroq Pixel smartfoni ekrani 5 dyuymli bo’ladi.

Yangi mobil’ qurilmalarning taqdimoti shu yilning 4 oktyabr’ kuni bo’lib o’tishi rejalashtirilgan. Kompaniyadagi manbalarning so’zlariga ko’ra, Google Pixel smartfonlari narhi 649 dollardan boshlanadi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.