Samsung Galaxy Note 7 tufayli yonib ketgan jip haqida

Samsung kompaniyasining ta`kidlashicha, turli davlatlardagi iste`molchilarning Galaxy Note 7 smartfonlari yong’in keltirib chiqargani yoki portlagani haqidagi 26 ta habari shubhali bo’lib chiqdi.

12 ta holatda kompaniya aynan smartfon nohushlikka sabab bo’lganining isbotini topa olmagan, 7 ta holatda esa shikoyat qilgan haridorlar bilan na telefon, na elektron pochta orqali bog’lanib bo’lmagan. Yana 7 nafar haridor aytgan so’zlaridan qaytganlar yoki yaroqsiz telefonni tashlab yuborganlarini aytganlar.

Smartfon tufayli AQShning Sent-Pitersberg shahrida Jeep Grand Cherokee jipining yonishi eng katta shov-shuvni keltirib chiqargan. Bu haqda 7 sentyabrda FOX 13 News telekanali ma`lum qilgan. Jip egasi yong’inga u mashinada qoldirib ketgan smartfon sabab bo’lganiga ishonchi komilligini aytgan. Biroq shahar o’t o’chirish jamoasi bu haqiqatda shunday bo’lganini aniqlay olmagan.

Foydalanuvchilarning shikoyatlariga qaramasdan, hozircha kompaniya ustidan sudga faqatgina 28 yoshli floridalik Jonatan Strobel shikoyat qilgan. U Samsung Galaxy Note 7 uning shimining oldi cho’ntagida portlab ketganidan 2-darajadagi kuyish jarohati olgan.

2 sentyabrda bir necha nohush holatlardan keyin kompaniya smartfonni havfli deb tan olgan. Kompaniya smartfonni sotishni to’htatgan va sotilgan barcha smartfonlar almashtirib berilishini e`lon qilgan.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.