Galaxy Note 2 samolyot bortida tutab ketdi

Samsung Electronics kompaniyasining Galaxy Note 2 smartfoni Hindiston aviakompaniyasiga qarashli yo‘lovchi samolyoti bortida parvoz chog‘ida tutab ketdi.

Hindiston fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi tarqatgan axborotga ko‘ra, voqea IndiGo aviatashuvchisining Singapur–Chennai reysini amalga oshirayotgan layneri bortida sodir bo‘ldi. Aytilishicha, samolyot muvaffaqiyat bilan aeroportga qo‘ndi, hech kimga zarar yetmadi.

Aviakompaniya xabarnomasiga ko‘ra, yo‘lovchilar o‘rindiqlar ustidagi yuk turadigan qatorda tutun sezib, darhol bort kuzatuvchisini chaqirishi natijasida voqea jiddiylashishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.