Cyber Security Challenge Uzbekistan tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Toshkentdagi Xalqaro savdo markazida 21-sentabr kuni axborot xavfsizligi sohasidagi birinchi ochiq bellashuv — Cyber Security Challenge Uzbekistan tanlovi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

17-sentabrdan 21-sentabrga qadar ICTWEEK Uzbekistan — 2016 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida Cyber Security Challenge Uzbekistan tanlovining final bosqichi — CTF-turnir (Capture the Flag) bo‘lib o‘tdi.

Finalda topshiriqlarni yechishda maksimal ball to‘plagan eng yaxshi jamoa qatnashchilari uchligi tanlovning 30 million so‘mlik mukofot jamg‘armasini o‘zaro bo‘lishib oldi.

Oltin mukofot sohibi — Wind jamoasi 15 million so‘m, kumush mukofot sohibi — Elio jamoasi 10 million so‘m va bronza mukofot sohibi — Mr.Robot jamoasi 5 million so‘mni qo‘lga kiritdi.

Tanlovning qolgan qatnashchilari ham tashkilotchilarning rag‘batlantiruvchi mukofot va diplomlariga ega bo‘ldi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.