Salesforce Twitter’ga pul to’lashga tayyor

Salesforce dasturiy ta`minot ishlab chiqaruvchisi va Twitter’ni xarid qilishga da`vogarlik qiluvchi boshqa kompaniyalar shartnoma uchun 16 milliard dollar berishga tayyor.

Biroq agentlikning ta`kidlashicha, xaridorlar mikrobloglarning servis ma`lumotlaridan tashqari kompaniyaning ma`muriy muammolarini ham o’z zimmasiga olishiga to’g’ri keladi.

Manbada keltirilishicha, hozircha Twitter rahbariyati servisni xarid qilish haqida rasmiy taklif olmagan, lekin kompaniya salohiyatli xaridorlar haqida ma`lumot olish maqsadida Goldman Sachs and Allen & Co.ga so’rov yo’llagan.

Ta`kidlanishicha, Twitter rahabri JYek Dorsi servisni sotishga qiziqish bildirmagan. Shartnoma uning mikrobloglar servisi rahbari lavozimini tark etishiga sabab bo’lib xizmat qilishi mumkin. So’nggi 6 yil ichida mahsulot ishlab chiqaruvchilar jamoasida rahbarlik lavozimida kamida besh marta o’zgarish kuzatildi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.