BlackBerry smartfonlar ishlab chiqarishni to’xtatadi

Kanadaning BlackBerry kompaniyasi smartfonlar ishlab chiqarishni to’xtatishini va e`tiborini dasturiy ta`minotlar ishlab chiqarishga qaratishini e`lon qildi.

Kompaniya BlackBerry markasi ostida mobil’ qurilma ishlab chiqarish huquqini Indoneziyaning Tiphone Mobile Indonesia kompaniyasi yirik aktsioneri hisoblanmish Merah Putih’ga taqdim etadi. Shartnomaga muvofiq smartfonlarda Android uchun kanadaliklar tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori darajali dastur ta`minoti qo’llaniladi.

BlackBerry, o’z navbatida, butun diqqat- e`tiborini dastur ta`minoti va ahborot texnologiyalari xizmatiga qaratadi. Aynan mana shu yo’nalishda kompaniyaning daromad olishi kuzatilgan. Korporatsiya yil ohiriga qadar biznesning ushbu yo’nalishida ishlab chiqarishni 30 foizga ko’paytirishni mo’ljallagan.

«Praym» agentligi keltirgan ma`lumotga ko’ra, 31 avgust kuni tugagan 2016-2017 moliyaviy yilining yarim yilligida BlackBerry ko’rgan zarar deyarli milliard dollarni tashkil etmoqda. Hisobot davrida kompaniya daromadi 36 foizga, ya`ni 734 million dollargacha pasayib ketgan.

Ma`lumot uchun: BlackBerry 1984 yilda tashkil topgan. Uning shtab-kvartirasi Kanadaning Ontario shtati, Vaterloo shahrida joylashgan. Kompaniya smartfonlar ishlab chiqarish borasida ushbu bozorda hech qachon Yetakchi bo’lmagan. Uni doimiy ravishda Apple va Samsung kuchsizlantirib kelgan.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.