MSI VR One — virtual voqeylik uchun kompyuter-ryukzak

Virtual voqeylik — borgan sari ommalashayotgan sirli va o‘ziga chorlovchi kompyuter olamidir. Ko‘plab «temir-tersak» ishlab chiqaruvchilari o‘z shlemlari modellarini yaratib, muhandislar uchun avval tasavvur ham qilish mumkin bo‘lmagan 3D mexanizmlarni ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi.

0a7e9ab4602f577b74f176d3efce4bd1

 

 

 

 

 

 

Oculus Rift, HTC Vive, Samsung Gear VR va ko‘plab boshqa shlemlar ikkita umumiy kamchilikka ega: ularning ishlashi uchun simlar orqali bog‘langan ancha baquvvat kompyuter kerak va bu o‘z navbatida o‘yinchining harakatlarini chegaralaydi.

Bu cheklovlardan qutilishning antiqa yo‘li — ryukzak-kompyuterlar o‘ylab topildi. TGS 2016 (Tokyo Game Show) ko‘rgazmasida MSI kompaniyasi ko‘chirib yursa bo‘ladigan VR One kompyuterini taqdim etdi. Uni osongina yelkaga ryukzakka o‘xshatib ilib olish mumkin.

2b4062e6cd735ca979c8d885124c36d0

MSI dizaynerlari MSI VR One ga nafaqat ajoyib tashqi ko‘rinish taqdim etishga harakat qilishdi, balki ryukzak ergonomikasiga katta e‘tibor qaratib, uning sovishi va ishki kompanovkasi qulay bo‘lishini ham esdan chiqarishmadi.

Ko‘chma kompyuter bronlangan ryukzak ko‘rinishida bo‘lib, uning shakli robotlar to‘g‘risidagi mashhur kino va multseriallardagi kabi yaratilgandir. MSI bu dunyodagi eng ingichka va yengil ryukzak-kompyuter deb davogarlik qilmoqda. Bu haqiqatga ancha yaqin: batareykalari bilan qo‘shib hisoblaganda VR One ning og‘irligi 3,6 kg, ularsiz esa — 2,2 kg (yaxshi o‘yin noutbukidek).

Korpusning yon tomoniga o‘rnatilgan ikki akkumulyatorning to‘liq zaryadi, virtual voqeylikda 1,5 soat tanaffussiz o‘ynash imkonini beradi. Batareyalarni yechish mumkin bo‘lib, ular «issiq almashtirish» ni quvvatlaydi. Ya‘ni, batareyalardan birining quvvati tugab qolsa, uni kompyuterni o‘chirmagan holda almashtirish mumkin.

Ko‘chma blok ichida kuchli Intel Core i7 protsessoriga va GeForce GTX 1070 seriya grafik kartasiga ega asosiy plata berkitilgan. Bunday konfiguratsiya o‘yinchiga eng og‘ir bo‘lgan o‘yinlarni ham o‘ynash imkonini beradi. Simlarning yo‘qligi esa, uning xonada bema‘lol harakatlanishini ta‘minlaydi.

6abcf44a2ab65832e7492bc4864cae98

Kompyuter ajoyib va shovqinsiz sovutish tizimi bilan ta‘minlangan. Uning shovqini oddiy kompyuter shovqini — 40 dB dan oshmaydi.

Kompyuterda bittadan HDMI, Mini DisplayPort, Thunderbolt 3 (USB Type-C), ikkita 3,5-мм audiorazyom va to‘rtta USB 3.0 porti mavjud. Shu sababli ehtiyoj tug‘ilsa akkumulyatorlarni yechib, ko‘chma blokni tarmoqqa ulab, klaviatura va sichqonchani o‘rnatib undan oddiy kompyuterdek foydalansa bo‘ladi.

Ryukzakning bitta kamchiligi bor: MSI uni HTC Vive bilan deyarli yonma-yon ishlab chiqargan va shu sababli VR One, Oculus Rift bilan ishlashga umuman mo‘ljallanmagan. Boshqa tomondan, qurilma Valve va HTC ishlab chiqargan istalgan garnitura bilan ishlashga qodir.

e32f3171729ee4c485d3ed32d7f4849a

MSI qurilmasining narxi hozircha ma‘lum qilinmagan. Ammo hoynahoy bu astronomik ko‘rsatgich bo‘ladi. Bozorga chiqish sanasi ham hozircha noma‘lum.

 

 

 

 

 

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.