Xiaomi yangi Mi5s va Mi5s Plus smartfonlarini namoyish etdi

Xiaomi kompaniyasi Xitoy davlat konferens-markazida o‘tkazilgan taqdimot marosimida yangi Mi5s va Mi5s Plus smartfonlarini namoyish etdi. Shuningdek, tadbirda yangi televizorlar, akustika va karaoke mikrofoni taqdim etdi.

Xiaomi Mi5s smartfoni Qualcomm Snapdragon 821 chipsetida ishlaydi. U NFC aloqasiz to‘lovlar servisi va 4G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Barmoq izlari skaneri “Uyga” tugmasiga o‘rnatilgan bo‘lib, ultratovushlidir, ya’ni aniqroq ishlaydi, barmoqni har qanday holatda taniy oladi.

Uskunaning texnik tavsifi:

Chipset: Qualcomm Snapdragon 821

Ekran: 5,15 dyuym, 2.5D-shisha, yorug‘lik — 600 nit

Doimiy xotira: 64/128 Gb

Asosiy kamera: Sony IMX378, 1/2.3 dyuym, 1.55 mkm

Quick Charge 3.0 tezkor quvvatlantirish tizimi: bor

Ranglari: to‘q kul rang, kumush rang, tilla rang, pushti rang oltin

NFC: bor

4G+: bor

Aytilishicha, so‘rovdan o‘tkazilgan foydalanuvchilarning 55 foiziga va professional suratkashlarning 49 foiziga smartfonda olingan fotosuratlar ma’qul tushgan.

Xiaomi Mi5s Plus esa ishlab chiqaruvchi tomonidan iPhone 7 Plus bilan bir necha marotaba qiyoslandi. Shu bilan birga, xitoyliklar o‘z mahsulotining ustun taraflariga ko‘proq urg‘u berdi. Jumladan, aytilishicha, yangi smartfon korpusi biroz kichikroq, lekin ekran biroz kattaroq — diagonali 5,7 dyuymga teng. Bundan tashqari, Xiaomi Mi5s Plus Apple smartfonidan 20 grammga yengilroqdir.

Uskunaning texnik tavsifi:

Chipset: Qualcomm Snapdragon 821

Operativ xotira: 4/6 Gb

Doimiy xotira: 64/128 Gb

Ekran: 5,7 dyuym, 2.5D-shisha, yorug‘lik — 600 nit

Asosiy kamera: ikkitalik, 13 Mp

Quick Charge 3.0 tezkor quvvatlantirish tizimi: bor

Ranglari: kumush rang, tilla rang, pushti rang oltin, havo rang

NFC: bor

4G+: bor

Smartfon ikkitalik kameraga ega.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.