Asablarni tinchlantirish uchun Fidget Cube o‘yinchog`i

Ko‘plab quvvatli va sabrsiz insonlarga bir joyda o‘tirishlari qiyin. Ular stulda o‘tirib oyoqlarini tinmay qimirlatishadi, qalamlarini chaynashadi, rushkani ochib-yopishadi yoki barmoqlari bilan stolni taqqillatishadi. Denverlik (AQSh) ixtirochilar aka-uka Mark va Mettyu MakLaxlenlar, ajoyib o‘yinchoq kubik «Fidget Cube» ni o‘ylab topishdi. U insonga chalg‘ishga yordam beradi, qo‘lni band qiladi va yon-atrofdagilarning g‘ashiga tegmaydi.

8d69425bbbf69c04ec3d308465d5f7e6

Bu tinib-tinchimagan insonlarga mo‘ljallangan gadjetni yaratish uchun mablag‘larni to‘plash uchun aka-ukalar Kickstarter maydonchasiga murojaat etishdi. Loyihani amalga oshirish uchun ularga $15 ming zarur edi. Ammo bir sutka ichida loyiha $1,8 mln. mablag‘ to‘plaganda ularning hayratini ko‘rsangiz edi! Bugungi kunda aka-uka MakLaxlenlar kam emas ko‘p emas $3.5 mln. mablag‘ to‘plashga ulgurushdi. Kampaniya tugashiga esa hali yana 37 kun bor.

«Sabrsizlar» kubigida hech qanday elektronika yo‘q, u oddiy plastik kubik bo‘lib, uning tomonlariga turli tugmalar va manipulyatorlar o‘rnatilgan. Unda shariklarni aylantirish, tugmalarni bosish, shesterenkalarni burash va tumblerlarni o‘chirib yoqish mumkin.

Ishlab chiqaruvchining berayotgan va‘dasiga ko‘ra, bu harakatlarning ko‘pchiligi shovqinsiz bo‘lib, kubning o‘zi esa bitta qo‘lga joylashadi. Aynan shu sababli atrofingizdagi do‘stlaringiz, hamkasblaringiz va qarindoshlaringiz ular bilan suhbatlashayotgan vaqtingizda qo‘lingizda nimadir aylantirayotganingizni sezishmaydi ham.

O‘yinchoqning ijobiy tomoni, unga chalg‘igan inson tinchlanadi va ancha qunt bilan ishlay boshlaydi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.