«Lose It!» ilovasi suratga qarab taomning kaloriyasini aniqlab beradi

«Lose It!» mobil ilovasi ortiqcha vaznni nazorat qilish uchun yangi funktsiyaga ega bo’ldi: uning yordamida nonushtangizni suratga olib, undagi kaloriya miqdori haqida ma`lumot olishingiz mumkin bo’ladi.

Fitnes bilan shug’ullanuvchilarning sevimli ilovasi ilgari boshqa ko’plab dasturlar qatorida hizmat ko’rsatar edi. Foydalanuvchi o’zining jinsi va jismoniy parametrlarini ko’rsatishi, keyin esa kun davomida iste`mol qilingan mahsulotlarni hamda jismoniy faolligiga oid ma`lumotlarni ilovada qayd etishi kerak bo’lgan.

«Lose It!»ning ma`lumotlar bazasi minglab mahsulot nomlari va taomning kaloriyasiga oid ma`lumotlarni o’zida jamlagan. Shu tariqa ilova ovqatlanish tartibini nazorat ostiga olish va jismoniy mashqlar dasturini yaratishga yordam beradi.

Ilovaning eng so’nggi versiyasi bu jarayonni maksimal darajada soddalashtiradi. Endilikda foydalanuvchi iste`mol qilayotgan mahsulotini suratga tushirishi va ilovadan u haqidagi kerakli ma`lumotni olishi mumkin. Bundan tashqari, taomning tahminiy og’irligini ham ko’rsatish lozim.

Taom suratga olinganidan keyin «Lose It!» ilovasi sun`iy intellekt va neyron tarmoqlar tehnologiyalaridan foydalanib, suratni ma`lumotlar bazasidagi 100 ming tasvir bilan solishtiradi va natijani e`lon qiladi.

Ishlab chiqaruvchilarning ta`kidlashicha, bu funktsiyaning aniqligi 87,3-97,1 foizni tashkil qiladi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.