Pokemon GO dasturchilari Gaaga sudi oldida javob beradi

Niderlandiya hukumati Pokemon GO dasturchilariga qarshi da`vo ishi ochishdi. Bunga qo’riqlanuvchi hududlarda cho’ntak mahluqlari oviga kirishgan olomon sabab bo’lgan.

Gap har kuni noyob va qimmatbaho pokemonlar paydo bo’luvchi Kijkduin sohillari haqida bormoqda. Hukumat vakillari minglab kishilarning qumtepaliklarga ziyon Yetkazishidan havotirga tushishmoqda.

Niderlandiya hukumati o’yin dasturchilarining tungi soat 23:00dan ertalabki soat 7:00gacha sohillardan cho’ntak mahluqlarini yo’q qilishni talab qilmoqda. Ular avgust oyidan beri Niantic kompaniyasi bilan aloqaga chiqishga urinishmoqda, biroq bunga javob olishmadi. Natijada faqat sudga murojaat qilish qoldi. The Guardian nashri ma`lumotiga ko’ra, mazkur ish joriy yilning 11 oktyabrida Gaaga sudida ko’rib chiqiladi.

Hukumat Pokemon o’yin dasturchilariga u qadar keskin talab qo’ymadi, ular tungi vaqtda sohilga kirilmasa, bu Pokemon GO o’yinchilari uchun munosib joyligicha qolishini ta`kidlashgan.

O’z navbatida franshizaga litsenziya beruvchi The Pokemon Company’ning ma`lum qilishicha, Niantic ba`zi hududlardan pokemonlarni olib chiqish hamda muayyan ob`Yektlarni pokestoplar ro’yxatidan chiqarib tashlash to’g’risidagi murojaatlar bilan tanishib chiqqan.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.