Janubiy Koreyada Samsung Galaxy Note 7 smartfonlari yana sotuvga chiqarildi

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi mamlakat hududida Galaxy Note 7 smartfonlarini yana sotuvga chiqardi.

1-oktabr kuni 16 ming uskuna sotildi. Yaqin istiqbolda kunlik xarid ko‘rsatkichlari 20 mingtagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Sentabr oyining boshida kompaniyaning yangi smartfoni akkumulyatorlarida aniqlangan jiddiy nuqson tufayli sotilgan gadjetlar qaytarib olina boshlandi. Smartfonlar qizib, yonib keta boshlagani bois kompaniya xaridorlarga ularni tezroq o‘chirib, almashtirish dasturidan foydalanishga chaqirgan edi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.