Telegram’ning yangi versiyasida o’yin o’ynash imkoni paydo bo’ldi

Telegram messenjYerida HTML5 bazasidagi o’yinlar uchun platforma paydo bo’ldi. Bu haqda servis blogida xabar berildi.

O’yinlar bot yordamida yaratiladi. O’yin botga murojaat qilish yoki istalgan chat orqali ishga tushiriladi.

Ilk o’yinlarni @Gamebot boti orqali topish mumkin. Telegram vakillarining ta`kidlashicha, o’yinlar asosini musobaqalashish tashkil etadi. Har bir chatda alohida reyting bo’ladi va u vaqti-vaqti bilan yangilanib, Yetakchilar haqida xabar berib boradi.

Hozirda foydalanuvchilar uchun 30ta o’yin mavjud bo’lib, ularning asosiy qismi Gamee studiyasi tomonidan yaratilgan.

Kompaniya bergan ma`lumotga ko’ra, o’yinlarni iPhone 4 va undan yangi smartfonlarda, shuningdek, Android 4.4 platformasi hamda undan keyingilarida o’ynash mumkin bo’ladi. Buning uchun smartfonda Telegram messenjYerining 3.13 versiyasi o’rnatilgan bo’lishi kerak. Hozirda messenjYerning so’nggi versiyasi faqatgina Google Play do’konida mavjud. Tez orada u App Store’da ham paydo bo’ladi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.