Xiaomi 140 dollarlik Redmi 3S Plus smartfonini namoyish etdi

Xiaomi kompaniyasi yangi, 5 dyuymli displey va 4100 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega Redmi 3S Plus arzon smartfonini taqdim etdi.

Smartfon eksklyuziv tarzda Hindiston hududida sotiladi. Xiaomi nima sababdan oddiy Redmi 3S’dan ham tashqi ko‘rinishi, ham ichki tuzilishi jihatidan deyarli farq qilmaydigan, ammo nomiga “Plus” qo‘shilgan qurilmani chiqargani tushunarsiz, deb yozadi nashr. Redmi 3S Plus 140 dollardan sotiladi.

Qurilma 5 dyuymli va 1280×720 pikselli displey, Snapdragon 430 protsessori, 13 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera, 2 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotira (+microSD), 4100 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.