Yevroittifoq Google’ga o‘z dasturlarini o‘rnatgani uchun smartfon ishlab chiqaruvchilariga pul to‘lashni taqiqlaydi

Yevropa hukumatining monopoliyaga qarshi kurash organlari Amerikaning Google kompaniyasiga mobil qurilmalariga Google qidiruv tizimini o‘rnatgani evaziga, smartfon ishlab chiqaruvchilariga pul mukofotlari berishni taqiqlaydi.

Yevroittifoq organlari hujjatlariga muvofiq, ular Amerika kompaniyasiga Google dasturiy mahsulotlari, shu jumladan, qidiruv tizimini oldindan o‘rnatgani uchun mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchilariga to‘lovlar to‘lash va chegirmalar taqdim etishni man qiladi.

Google kompaniyasi 2011-yildan hozirgacha davom etayotgan antimonopoliya qonunbuzarliklari uchun yirik jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi. “Komissiya kompaniyani tiyib turishni ta’minlash uchun yetarlicha miqdorda jarima belgilash niyatida”, — deyiladi hujjatda.

Yevrokomissiya vakili ham, Google kompaniyasi ham ushbu ma’lumot yuzasidan izoh berganicha yo‘q.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.