Facebook messenjerida ma’lumotlarni shifrlash yo‘lga qo‘yildi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i o‘z messenjerida ma’lumotlarni shifrlashni kuchaytirdi.

Wired jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, yangi “maxfiy chatlar” servisi tarmoqning barcha 900 million foydalanuvchisi uchun ochiq.

Ma’lumotlarning saqlanishi end-to-end (ikki tomoni ochiq) shifrlash rejimida amalga oshiriladi. Bu xabarni faqat uni yuboruvchi va qabul qilib oluvchigina o‘qiy olishini bildiradi.

Shu tariqa, suhbat ishtirokchilaridan boshqa hech kim — u xoh Facebook ma’muriyati bo‘lsin, xoh maxsus xizmatlar bo‘lsin — ma’lumotlarni ko‘ra olmaydi. iOS va Android qurilmalarda messenjerning so‘nggi versiyasini o‘rnatgan kishilar yangi funksiyadan foydalana oladi.

Messenjerdagi shifrlashni har bitta chat uchun qo‘lda yoqish kerak. Foydalanuvchilar shifrlangan ma’lumotning saqlanish davrini tanlashi mumkin, bu bir necha soniyadan bir kungacha bo‘lishi mumkin — shundan keyin xabarlar avtomatik tarzda o‘chiriladi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.