Turkiyada Google Drive, Dropbox va OneDrive xizmatlari to’sib qo’yildi

Turkiya hukumati Google Drive, Dropbox va OneDrive kabi bulutli xizmatlarini to’sib qo’yishga qaror qilgan. Bunga, prezident Erdo’g’anning kuyovi, energetika va tabiiy resurslar vaziri Berat Albayroqning elektron maktublari tarqalishining oldini olish maqsadida amalga oshirilgan.

Sentyabr’ oyida hakerlar 2000 yil aprelidan boshlab yozilgan 57,5 mingdan ortiq, jami 17 Gbaytlik ma`lumotlarni o’g’irlab, internet tarmog’iga joylashtirgan edi. Hukumat tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari, yozishmalarning haqiqiyligini tasdiqlagan.

Ushbu xizmatlar dam olish kunlari to’sib qo’yilgan, deb yozgan Thenextweb.com nashri. Keyinchalik Google Drive xizmati tiklangan.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.