Facebook kompaniyasi korporativ messenjerini ishga tushiradi

Facebook kompaniyasi o’zining korporativ Facebook at Work messenjYerini rasman ishga tushirishni maqsad qilgan.

Mazkur yangi messenjYerdan bitta kompaniya vakillari foydalanishi mumkin.

Facebook yangi dasturni qariyb ikki yil sinovdan o’tkazdi va ishlab chiqarish, jumladan, dasturdan foydalanish uchun har bir hodimga qancha miqdorda pul ketishi haqida ko’proq ma`lumot berish niyatida.

Nashrning qayd etishicha, Facebook – bu sohada «yangilik» bo’lishiga qaramay, yangi messenjYer korporativ muloqotdagi an`anaviy dasturlar uchun jiddiy taxdid bo’lishi mumkin.  Sababi, ko’plab ishchilar allaqachon mashhur ijtimoiy tarmoqning veb-sayti va uning mobil’ ilovasidan foydalanadi.

2015 yil yanvar’ oyidan  Facebook at Work loyihasi testdan o’tkazilganida uni yuzlab kompaniyalar, jumladan,  Shotlandiya qirollik banki sinovdan o’tkazgan edi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.