2017 yildan uchar avtomobil’ savdosi boshlanadi

Chexiyaning Aktualne nashri ma`lum qilishicha, Aeromobil kompaniyasi uchar avtomobillari seriyali ishlab chiqarilishi va savdosi 2017 yilda boshlanadi.

Avtomobil’ prototipi 3,0 litrli, 100 ot kuchiga ega benzinli dvigatel’ bilan jihozlangan. Avtomobil’ 160 km/soatgacha tezligini oshiradi hamda uzunligi 200 metrlik maydondan havoga ko’tarila oladi. Avtomobilning havodagi maksimal tezligi 200 km/soatni, parvoz uzoqligi 700 km ni tashkil qiladi.

Ma`lum qilinishicha, avtomobil’ narxi bir necha yuz ming Yevroni tashkil qiladi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.