Ko’z qisish orqali suratga oladigan qurilma yaratildi

Ko’pchilik urfga aylanadigan surat va video oluvchi ko’zoynaklar ishlab chiqarish bilan mashg’ul bo’lsa, Blincam yapon kompaniyasi ko’zlarni birgina qisish yordamida suratga olishga qodir kamerasiga mablag’ yig’ish uchun Indiegogo’ga murojaat qildi.

Qurilmani istalgan ko’zoynakka o’rnatish mumkin. Uning ichida joylashgan datchiklar esa ko’zlarning harakatini ushlay oladi. Agarda ko’zlar odatdagiga nisbatan uzoqroq yumilib turganini sezsa, panellar faollashadi va qurilmaga o’rnatilgan Bluetooth tufayli suratga oladi. Suratlar esa darhol smartfonga yuboriladi.

Kamera akkumulyatorini bir zaryadda 8 soat ishlab beradi, shu sababli, u ajoyib va noodatiy suratlar olish uchun juda ham mos keladi.

«Kamera smartfon displeyi va fotoapparat orqali emas, balki o’z ko’zingiz bilan qiziqarli va yorqin lahzalarni ko’rishingiz uchun yaratilgan, — deydi Blincam rahbari Shota Takase, — nimanidir suratga olish zaruriyati sizlarni kundalik ishlardan chalg’itishi kerak emas».

Takase portativ kamerani universitetda o’qib yurayotgan payti o’ylab yurgan edi, hozir esa loyihani to’liq ishlab chiqdi va bu orqali daromad olishni maqsad qildi.

G’oyani amalga oshirish uchun 30 000 dollar mablag’ zarur. Loyihada kim barchadan avvalroq ishtirok etishni istasa, qurilmani 200 dollarga sotib olishi mumkin. Uni faqat aksiya muvaffaqiyatli yakunlagandan so’nggina olish mumkin. Sotuvga esa kelasi yilning bahor oyida chiqarish rejalashtirildi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.