Google mobil qurilmalarda boshqa natijalarni taqdim etadi

Google qidiruv xizmati bir necha oydan beri mobil qurilmalar orqali qidirilayotgan so’rovlar bo’yicha alohida sahifalarni taqdim etish ustida ishlamoqda. Bu haqda, Google veb-tahlilchisi Geri Ilsh Pubcon anjumanida ma`lum qilgan, deya xabar qilmoqda Search Engine Land.

Ilk tinglovchilarining so’zlariga ko’ra, g’oyaga muvofiq, desktop kompyuterlariga mo’ljallangan manbalardan mustaqil bo’lgan alohida bazani yaratish ustida ish olib borilayapti. Mobil manbadagi saytlar kompyuterlar qidiruv xizmatiga nisbatan ko’proq yangilanadi.

Shu bilan birga, kompaniya mobil indeksga birlamchi e`tibor beradi. Engadget nashrining yozishicha, ikkita turli indeksning bo’lishi esa, telefon va stol kompyuteridan Google qidiruviga bir xil savol bergan foydalanuvchi ikki xil natijaga ega bo’lishini anglatadi.

Bunday yondashuvning murakkab tomoni shundaki, mobil saytlar egalari odatda ularga kamroq havola va so’zlarni kiritadi. Ammo, ayni shu narsa Google xizmatiga ularni tezroq indeks qilishiga yordam beradi.

Search Engine Land nashrining qayd etishicha, Ilsh ko’pgina savollarga javob bermagan. Masalan, desktoplardan kiritilgan so’rovlarga javob berishda mobil indeksdan foydalaniladimi?, degan savol ochiq qolgan.

Avval ham Google mobil qurilmalar tomon keskin qadamlar tashlagan edi. Xususan, aprel oyida natijalarni taqdim etish algoritmini o’zgartirib, mobil saytlarga ko’proq e`tibor bera boshlagandi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.