Samsung dunyoda birinchi bo‘lib 10 nanometrli chiplar ishlab chiqarishni boshladi

Samsung dunyoda birinchi bo‘lib 10 nanometrli texnik jarayon asosidagi chiplar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Bu kabi rejalar Intel’da bor edi, ammo u ishlab chiqarishni 2017-yilda boshlaydigan bo‘ldi.

10 nanometr o‘lchamdagi zatvorga ega Samsung chiplari Qualcomm Snapdragon 830 protsessorlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ekspertlarning fikricha, bozorda Samsung Galaxy S7 va S7 edge’ning o‘rnini egallaydigan smartfonlar, shuningdek, eng ommabop planshetlar aynan shunaqa protsessorlarga ega bo‘ladi.

Intel’ning eng ixcham chipi 14 nanometr o‘lchamdagi tranzistorlarda yasaladi. Bugungi kunda bozorda mavjud chiplarning aksariyati 20 nanometrli tranzistorlarga ega.

Intel ilgariroq chiplarda kremniy qo‘llashdan voz kechib, 2016-yil oxirigacha 10 nanometrli texnik jarayonga o‘tishini ma’lum qilgan edi, ammo rejalar qayta ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, Tayvanning Apple uchun chip ishlab chiqaruvchi TSMC kompaniyasi 2017-yildan 7 nanometrli chiplarga o‘tish niyatini oshkor qildi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.