Samsung S7 smartfoni Galaxy Note 7’ning ba`zi funtsiyalari bilan jihozlanadi

Samsung S7 va S7 Edge smartfonlari ishlab chiqarishdan olingan Galaxy Note 7’ning ba`zi funtsiyalari bilan jihozlanadigan bo’ldi, deb xabar bermoqda xorijiy OAV.

Mavjud ma`lumotlarga ko’ra, ilk o’zgarishlar doimo yoqiq holda bo’luvchi ekran funksiyasiga taalluqli bo’ladi. Bu optsiya telefon kutish rejimida bo’lganda eslatmalar, fotosuratlar va soatni ko’rsatishga imkon beradi.

Samsung’da ma`lum qilinishicha, ular Galaxy S7 va S7 Edge uchun muayyan yaxshilangan funksiyalarga ega dasturiy ta`minotning yangilanmasini chiqardi. Yevropada u hali paydo bo’lmagan. Ta`kidlanishicha, yangilanma ba`zi tuzatishlarga ehtiyoj sezadi.

IHS Markit tahlilchisi Ien Fogg Samsung odatda bir yilda ikkita flagman smartfoni chiqarishini aytdi. Uning aytishicha, yil oxirigacha bunday flagman smartfon S7 Edge bo’ladigan ko’rinadi va kompaniya smartfon raqobatbardosh bo’lishi uchun barcha kuchini ishga solishi kerak bo’ladi.

Avvalroq Janubiy Koreya va Samsung’da Galaxy Note 7’dagi nosozliklar tergov qilina boshlangani ma`lum qilingandi. Bu smartfonlar akkumulyatorlari qizib ketishi oqibatida portlagani yoki yonib ketganligi sababli ishlab chiqarishdan olindi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.