Eng jiddiy himoyalangan messenjyerlar nomi ma`lum qilindi

Mustaqil huquqni himoya qilish tashkiloti Amnesty International Facebook kompaniyasi  messenjyer xizmatlarining himoyalanganligini yuqori baholadi. Unga ko’ra, WhatsApp va Facebook Messenger eng kuchli himoyalangan messenjyerlar hisoblanadi, deyiladi tashkilot hisobotida.

Huquq himoyachilari o’zlarining tadqiqotlarida 11ta yirik internet kompaniya ilovalarining maxfiylik mexanizmlarini o’rganib chiqishgan.

Tashkilot, xizmatlarning end-to-end-shifrlash, mijozlarni xavfdan ogohlantirish, tahdidli yozishma, hukumat so’rovlariga javob berish kabi jihatlariga e`tibor qaratgan.

Natijaga ko’ra, Facebook Messenger, WhatsApp, iMessage, FaceTime va Telegram yetakchi messenjyerlar unvonini qo’lga kiritgan. Amnesty International nuqtai-nazaridan Snapchat, BlackBerry, WeChat va QQ eng yomon himoyaga ega xizmatlardir.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.