kichkina sensorli telefon ishlab chiqarildi

Xitoyning V-Phone kompaniyasi Vphone S8 miniatyur qurilmasini ishlab chiqarib, smartfonlar va taqiluvchi elektronika ishlab chiqaruvchilari orasida ajralib turishga qaror qildi.

Yangilikni «dunyodagi eng kichik sensor ekranli telefon» sifatida ko’rishmoqda, ammo uning funksiyalariga ko’ra qurilmani ovozli qo’ng’iroqlarni amalga oshira oladigan smart-soatlar sinfiga joylashtirish mumkin.

Vphone S8 46.7×37.3×9.9 mm o’lchamiga ega va uning og’irligi 30 grammni tashkil etadi. 1.54-dyuymli sensor displey chetlari qayrilgan 2.5 D-himoya shishasi bilan qoplangan. Alyumin korpusning ichida MediaTek MT2502 protsessori, 64 MB operativ va 128 GB doimiy xotira, Bluetooth 4.0 simsiz moduli, yurak urish va yorug’lik datchigi, qadam o’lchagich, 3.5 mm va micro-USB raz`yemlari, FM-radio va 380 mAs hajmli akkumulyator o’rnatilgan. Shuningdek, qurilmada bir dona sim-karta uchun slot bo’lib, 850/900/1800/1900 MGts GSM-chastotalarida ishlay oladi.

Vphone S8 Android-smartfon yoki iPhone ning yordamchisi sifatida ishlay olib, o’z ekranida kelayotgan ma`lumotni, xabarlarni, eslatmalarni va qo’ng’iroqlarni ko’rsatib turadi. Bu esa foydalanuvchilar o’z telefonlarini tekshirish uchun cho’ntaklari yoki sumkalaridan har safar olishlari oldini oladi. Lekin qurilmani qanday taqib yurish noaniq. Uning korpusida brelok yoki qo’l gadjyeti sifatida olib yurish uchun maxsus o’rnatmalar yo’q.

Yangi qurilma qora va kulranglarda 30 dollarlik narx bilan sotuvga chiqariladi. Sotuv kuni haqida xabar berilmayapti.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.