Kodak Ektra — retro uslubidagi kamerofon

Kodak kompaniyasi taniqli va barchaga ma`lum nomiga qaramay, elektron bozorga o’ziga xos xususiyatga ega bo’lmagan smartfonlarni ishlab chiqarish befoyda ekanini tushungan holda ikkinchi urinishni amalga oshirdi va bu esa birinchisiga nisbatan ancha omadliroq bo’lishi kutilmoqda.

Ektra nomli yangi qurilma uzoq 1941 yillari ishlab chiqarilgan aynan shu nomdagi kameraga o’xshash qilib yaratilgan. Smartfonning orqa paneli  qulay tutish uchun korpusning pastki qismidagi ilgak va sun`iy teri bilan qoplangan. Smartfon chetlari «metall ostida»gi plastik o’rnatmalar bilan mustahkamlangan. Biroq qurilmaning asosiy «bezagi» f/2.0 aperturali, optik barqarorlashtiruvchi tizimli, fazali avtofokus, ikki xil rangdagi yoritish chiroqlariga ega va 4K video yoza oladigan 21-megapiksellik Sony IMX230 kamerasi hisoblanadi.

Kamerafonning boshqa xususiyatlari unchalik ham ko’zga tashlanarli emas va bu esa qurilmani iPhone 7, Galaxy S7 Edge yoki Google Pixel flagmanlari bilan solishtirish imkoniyatini bermaydi. Ammo foydalanuvchi uchun sifatli fotosurat va qurilmaning ajoyib tashqi ko’rinishi muhim bo’lsa, unda Kodak Ektra bunday talablarga to’liq javob bera oladi.

Yangi qurilma FullHD hajmdagi 5-dyuymli IPS-displey,  o’n yadrolik MediaTek Helio X20 protsessori, 3 GB operativ xotira va 32 GB o’rnatilgan xotira, 128 GBgacha bo’lgan microSD kartalari uchun slot, 13-megapiksellik old sensor va 3000 mAs akkumulyator bilan jihozlangan. Operatsion tizim rolini Android 6.0 Marshmallow amalga oshiradi va qo’shimcha sifatida suratlarni tahrir qiluvchi dasturlar, Snapseed fototahrirchisi va qo’l sozlamalari orqali suratga olish  rejimi o’rnatilgan.

Kodak Ektra Yevropa bozoriga dekabr oyida 499 yevro narxida sotuvga chiqadi.

kodak-7

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.