Singapurda sudga WhatsApp orqali chaqirishga ruxsat berildi

Singapur sudi fuqarolik ishlari bo’yicha mahkama jarayoniga WhatsApp messenjyeri orqali chaqirishga ruxsat berdi.

Shahar mamlakatda chop etiladigan The Straits Times gazetasining yozishicha, yaqinda R&D Pharmaceuticals kompaniyasining zayom olgan xususiy shaxsga shunday murojaat qilgani ro’yxatga olingan.

Sudlanuvchi Tan Chong Minga ko’rsatilgan manzil bo’yicha bir necha bor odatdagi usulda chaqiruv maktubini topshirishga muvaffaqiyatsiz urinishgan. Shundan so’ng, WhatsApp messenjyeri orqali xabarnoma yuborilgan. Natijada sudga ogohlantirish maktubi oluvchiga yetkazilgani xususida hisobot topshirilgan.

Singapur Oliy sudi shu yilning may oyida fuqarolik ishlari bo’yicha ogohlantirish maktublarini elektron pochta manziliga yuborishga ruxsat bergan edi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.