Wikileaks o’z izdoshlarini AQShga kiberhujumlarni to’xtatishga chaqirdi

Maxfiy ma`lumotlarni e`lon qilishga ixtisoslashgan WikiLeaks portali o’z tarafdorlariga kutilmagan murojaat bilan chiqdi. U izdosh xakerlarni AQSh saytlariga hujum qilmaslikka chaqirdi.

«Janob Assanj tirik va Wikileaks o’z faoliyatini davom ettiradi. Biz tarafdorlarimizni Amerika internet tarmog’iga hujum qilishni bas qilishga chaqiramiz. Siz o’z qarashingizni namoyish etdingiz», — deyiladi tashkilot Tvitterda.

Avvalroq, Dyn tizimiga DDoS-hujumlar amalga oshirilgani ma`lum qilingan edi. Ushbu xakerlik hujumi natijasida qator taniqli saytlar, jumladan Reddit, Spotify va Twitter faoliyati buzilgan edi.

AQSh ichki xavfsizlik vazirligi kiberhujumlarning «barcha ehtimoliy sabablari»ni o’rganib chiqishini bildirdi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.