Xiaomi kompaniyasi Galaxy Note 7’ga juda o’xshash smartfonini taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi Mi Note 2 nomi ostida o’zining yangi fabletini namoyish qildi. Taqdimotdan keyinoq OAV xitoylik ishlab chiqaruvchilarni Samsung kompaniyasining tanazzulga uchragan flagmani — Galaxy Note 7 dizayn elementlarini ko’chirganlikda gumon qildi.

Mi Note 2 aksariyat Android-flagmanlarda qo’llanuvchi Snapdragon 821protsessori bazasiga qurilgan. Qurilma 5,7 dyuymli OLED-displey, 4 yoki 6 Gb operativ xotira, 22,56 megapikselli asosiy kamera va 4070 mAch sig’imdagi akkumulyator bilan ta`minlangan.

Galaxy Note 7 flagmanining ekrani ham 5,7 dyuym (lekin AMOLED), protsessori Exynos 8890 Octa — Samsung’ning shaxsiy ishlanmasi, 4 Gb operativ xotira, 12 megapiksel kamera va 3500 mAch sig’imli akkumulyator.

64 Gb va 4 Gb’li Mi Note bahosi — 413 dollar, 128 Gb va 6 Gb’li model narxi esa — 516 dollar.

Mi Note 2 ko’proq o’zining xususiyatlari emas, Note 7 dizayni tufayli e`tiborni jalb qildi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.