aqlli oilaviy robot yaratildi

NX Robo kompaniyasi intellektual funksiyalarga ega BIG-i robotini taqdim etdi. Uskuna oilaning yana bir a’zosiga aylanishi mumkin.

Robot uy ichida kichik g‘ildiraklar yordamida yuradi. U oila a’zolarining ovozi va yuzini taniydi, ularni notanishlardan ajratadi, inson nutqini tushunadi. Shuningdek, yangi robot kundalik rejalarni eslatib turishi mumkin.

BIG-i 3D-ko‘rish, faol qabul qilish va intellektual dasturlash tizimlarii bilan jihozlangan. U har bir buyruqni qisqa algoritmga aylantirib, shu asosda bajaradi. Masalan, unga “Hamma ketganidan so‘ng chiroqni o‘chir”, deyilsa, u xonani barcha tark etishini kutib turadi, so‘ng chiroqni o‘chiradi.

Robot o‘rganishga qodir — sekin-asta u funksiyalarini boyitib boradi va axiyri chinakam oila a’zosiga aylanadi. Bundan tashqari, u “Yulduzli janglar”dagi mashhur R2D2 robotiga o‘xshab ketishi bilan diqqatga sazovor. Unga qog‘ozdan libos kiydirish mumkin — bu robotning funksiyalariga ta’sir o‘tkazmaydi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.