kamerali dronlar Shvetsiyada taqiqlandi

Shvetsiyada kameraga ega dronlardan foydalanish taqiqlandi.

oktabr kunlari Shvetsiya Oliy ma’muriy sudi tomonidan qabul qilingan yangi qoidalarga muvofiq, kameralar bilan jihozlangan dronlar kuzatuv moslamalariga tenglashtiriladi. Ulardan jamoat joylarida foydalanish endi taqiqlanadi.

Kamerali dronlardan foydalanish uchun ruxsatnoma olish tartibi endilikda kuzatuv kameralaridan foydalanish uchun ruxsat olish bilan bir xil bo‘ladi. Ruxsat olish uchun so‘rov uzoq muddat ko‘rib chiqiladi, ammo bojning to‘lanishi hali ruxsat berilishi aniq degani emas.

Shvetsiya sudi qabul qilgan ikkinchi qarorga ko‘ra, mashina va velosipedlarga videoregistrator o‘rnatish uchun alohida ruxsat talab etilmaydi.

Shvetsiya aerofotografiya sanoati vakillari ushbu qarordan tashvishdaligini bildirmoqda. Ushbu sohada ishlovchi bir necha ming kishi ishsiz qolishi kutilmoqda.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.