BlackBerry o’zining Android’dagi uchinchi smartfonini taqdim qildi

Kanadaning BlackBerry kompaniyasi o’zining Android operatsion tizimdagi uchinchi smartfonini taqdim etdi. Bu haqida Reuters agentligi ma`lum qildi.

Sentyabrda BlackBerry mobil telefon ishlab chiqarishni to’xtatgani to’g’risida e`lon qilgandi. Mobil devays ustidagi ishlar kompaniya hamkorlariga o’tadi. BlackBerry’ning o’zi esa dasturiy ta`minot yaratishga diqqatini qaratadi.

Shunday qilib, DTEK60 modeli – BlackBerry mustaqil ravishda komponentlarini yig’gan oxirgi telefon.

Smartfonning ekrani — 5,5 dyuymli. Boshlang’ich narxi – 499 dollar. Apple kompaniyasining xuddi shunday diagonalli iPhone 7 qurilmasining bahosi 769 dollardan boshlanadi, Google Pixel’ning narxi esa 649 dollardan boshlanadi.

BlackBerry’ning  Android’dagi ilk smartfoni 2015 yilning noyabrida taqdim etilgandi, ikkinchi smartfoni esa 2016 yilning iyulida namoyish qilingan.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.