Microsoft kompaniyasi iMac’ning sensor ekranli raqobatchisini namoyish qildi

Microsoft kompaniyasi o’zining birinchi monobloki Surface Studio’ni taqdim qildi. Qurilmaning o’ziga xos jihati ko’rsatish qobiliyati 4500 ga 3000 piksel bo’lgan 28 dyuymli sensor ekrani hisoblanadi.

Yangi qurilmaning yana bir jihati 1,3 mm qalinlikdagi xromlangan ramkasi bo’ldi. Microsoft muhandislari g’oyasi bo’yicha, ramka ekranga to’g’ridan qaralganda yo’qolishi va monoblokni «piksellardan iborat varaqqa» aylantirishi kerak. Qurilmaning qalinligi 12,5 mm ni tashkil qiladi.

Kompaniyada ta`kidlanishicha, qurilma ekrani yaratilgan LCD-displeylar ichida eng yupqasi hisoblanadi. U 13,5 mln pikselga ega va bu ko’rsatkich 4K-televizorlar bozoridagi mavjud istalgan displeydan 63 foizga ko’proqni tashkil qiladi.

Qurilmaning barcha detallari o’rnatilgan alohida korpusning ichida 4 yadroli Intel Core i7 protsessori, DDR4 standartidagi 32 Gb tezkor xotira, Nvidia GTX 980M videokartasi va 2 Tblik SSD-disk joylashgan.

Qurilmaning dastlabki narxi 2999 dollarni, maksimal narxi esa 4199 dollarni tashkil qiladi. Microsoft qurilmaning qimmatligini u matn, tasvir, video va 3D-grafika bilan ishlovchi professionallarga mo’ljallangani bilan tushuntirgan.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.