Xiaomi yilning eng bejirim smartfonlaridan birini taqdim etdi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi qurilmaning old panelini deyarli to’liq egallagan Mi Mix smartfonini taqdim etdi. Bu haqida kompaniyaning rasmiy saytida ma`lum qilindi.

Xiaomi vakillarining so’zlariga ko’ra, smartfon displeyi old yuzaning 91,3 foizini egallaydi. Google Pixel’da bu ko’rsatkich 71,2 foizini tashkil qiladi, iPhone 7  Plus’da — 67,7 foiz.

Bunday dizaynni yaratish uchun ishlab chiqaruvchi an`anaviy yaqinlashtiruvchi datchik va suhbat dinamikasidan xalos bo’lishiga to’g’ri keldi.

Smartfonning 5 megapikselli old kamerasi hajmini sezilarli darajada o’zgartirildi va korpusning quyi qismiga ko’chirildi. Barmoq izlari skanerini esa orqa qopqoqqa — 16 megapikselli asosiy kamera tagiga joylashtirildi.

Qurilma Qualcomm Snapdragon 821 protsessori bazasiga qurilgan va Quick Charge 3.0 tezkor zaryadlash funksiyasi bo’lgan 4400 mAch sig’imli akkumulyator bilan ta`minlangan. Mi Mix korpusi sopoldan ishlangan.

Smartfonning hajmi eni va bo’yiga ko’ra, iPhone 7 Plus’ga o’xshab ketadi, biroq uning korpusi Apple mahsulotiga nisbatan kattaroq. Xiaomi qurilmasi 4 millimetrga kengroq va yarim millimetrga qalinroq.

Mi Mix sotuvlari 4 noyabr kuni Xitoyda yo’lga qo’yiladi. Smartfonning 128 Gb versiyasi bahosi — 516 dollar, 256 Gb versiyasi narxi esa — 590 dollar.

OAV Mi Mix smartfonini yilning eng bejirim qurilmalaridan biri, deya e`tirof etmoqda va uning  iPhone 8’dan ko’p jihatdan ustun ekanligini ta`kidlamoqda.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.