Facebook va PayPal hamkorligi

PayPal Holdings Inc. ijtimoiy media orqali to’lovlarni yangi usulda amalga oshirish mumkin bo’lgan so’nggi provayderdir.

Facebook va PayPal hamkorligi natijasida yangi to’lov imkoniyatlari paydo bo’lganligi haqida ma`lum qilindi.

Endilikda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o’zlarining Facebook’dagi akkauntlarini PayPal to’lov tizimi bilan bog’lashlari va qandaydir xaridlar yoki kvitansiyalar to’lovi amalga oshirilganligi haqidagi xabarlarni bevosita Facebook Messenger servisi orqali olishlari mumkin bo’ladi.

“Kompaniyaning moliyaviy xizmatlari biz bilan hamkorlikni kengaytirishda davom etayotganidan juda xursandmiz”, — dedi Facebook vakili Sten Chudnovskiy.

PayPal to’lov tizimi Facebook foydalanuvchilariga Messenger orqali bir qator xizmatlar, jumladan Uber Technologies orqali avtomobil buyurtmasi uchun to’lovlarini amalga oshirishga imkon beradi.

Yangi imkoniyat dastlab faqatgina amerikaliklarda sinovdan o’tadi, biroq kelajakda yangi funksional geografiyasi yanada kengayadi. Messenger va PayPal integratsiya dasturi davomida bir milliard faol foydalanuvchi ko’rsatkichiga yetishish ko’zlanmoqda.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.