Samsung daromadi 3-chorakda 30 foizga tushib ketdi

Samsung Electronics kompaniyasining 2016 yil 3-chorakdagi operatsion daromadi o’tgan yilning shu davriga nisbatan 30 foizga tushib ketdi va 5,2 trln vonni (4,6 mlrd dollar) tashkil qildi, deb aytilmoqda kompaniya xabarida. Daromad Galaxy Note 7 smartfonlari yonib ketishi bilan bog’liq voqealar sababli tushib ketgan.

Samsung 3-chorakda 7,02 mlrd dollar foyda olishni kutgan, biroq bu prognozni Galaxy Note 7 smartfonlari ortga chaqirtirib olinishi sababli qayta ko’rib chiqqan. Oqibatda kompaniya oxirgi ikki yil ichida eng past daromadni olgan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Kompaniyaning mobil qurilmalar ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvi bo’limi 88,2 mln dollar operatsion daromad olgan, bu 2008 yil 4-choragidan beri eng past ko’rsatkichdir.

Samsung’ning 3-chorakdagi tushumi 7,5 foizga qisqargan va 43 mlrd dollarni tashkil qilgan. Mobil bo’lim daromadi esa 15,3 foizga pasaygan va 20,3 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Kompaniya 4-chorakda operatsion ko’rsatkichlarni yaxshilashga umid qilmoqda. Xususan, kompaniya mobil bo’lim daromadi Galaxy S7 va arzon  modeldagi smartfonlar sotilishi hisobiga 2015 yilning 4-choragi darajasida saqlanib qolishiga umid qilmoqda.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.