Alphabet daromadi tahlilchilar taxminidan o’zib ketishdi

Amerikaning Google kompaniyasiga egalik qiluvchi Alphabet xoldingi 2016 yil uchinchi choragiga oid moliyaviy hisobotini e`lon qildi. Unga ko’ra, xolding daromadi tahlilchilarning taxminidan o’zib ketib, 22,45 mlrd dollarni tashkil etgan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Xoldingning reklama daromadi 18 foizga o’sib, 19,82 mlrd dollarga yetgan. Bu Alphabet xoldingi umumiy daromadining 90 foizga yaqinini tashkil etadi. Shu bilan birga, kompaniyaning «bulutli» biznesi o’tgan chorak bilan qiyoslaganda 38 foiz ko’proq daromad keltirgan.

Alphabet xoldingining 2016 yil uchinchi choragidagi sof daromadi 5,06 mlrd dollardan iborat bo’lgan. Shunga ko’ra, uning aksiyasi narxi yil boshidan beri 5 foizga qimmatlashib, bir donasi 817 dollarga yetgani xabar qilinmoqda.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.