Meizu 100 dollarlik yangi smartfonini chiqardi

Xitoyning Meizu smartfonlari ishlab chiqaruvchisi navbatdagi byudjyet apparatini taqdim qildi. Meizu’ning yangi M5 qurilmasi kompaniyaning aksariyat smartfonlaridan plastik korpusi bilan ajralib turadi. Shunday bo’lsa-da, u o’z xususiyatlariga ko’ra, kichik metall modellardan qolishmaydi.

M5 tashqi ko’rinishidan ko’proq iPhone 5c’ga o’xshab ketadi. Xususiyatlariga ko’ra esa, Meizu M5 bundan avval namoyish etilgan M3s byudjyet modeliga o’xshab ketadi: sakkiz yadroli protsessor, Mali T860 grafikasi, 2 yoki 3 Gb operativ xotira va 16 yoki 32 Gb flesh-xotiraga ega.

Ekran kattaroq: 5,2 dyuym. Panel atroflari shisha bilan himoyalangan. Smartfon LTE tarmoqlarida ishlaydi, unda nano-SIM formatidagi ikki kartochka yoki bir microSD xotira kartasini qo’llash mumkin. Meizu M5 vazni 138 gramm, akkumulyator sig’imi esa — 3070 mAch.

Xitoyda qurilmaning 2/16 Gb xotirali versiyasi tim qora, ko’k, feruza, tilla va oq ranglarda 699 yuandan sotiladi. 3/32 Gb xotirali versiyasi esa 899 yuanga tushadi. Qurilmaning Xitoydagi sotuvlari noyabr oyida boshlanadi. Smartfonning boshqa bozorlarda qachon paydo bo’lishi hozircha noma`lum.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.