Facebook 2016 yilning uchinchi choragidagi daromadi bo’yicha hisobot berdi

Facebook ijtimoiy tarmog’ining uchinchi chorakdagi daromadi 2015 yilning shu davriga nisbatan 56 foizga o’sdi va 7,01 milliard dollarni tashkil qildi. Bu haqida kompaniya hisobotida ma`lum qilindi.

Kompaniyaning sof daromadi 166 foizga, ya`ni 896 million dollardan 2,3 milliard dollargacha oshdi. Shuningdek umumiy daromadda mobil reklama daromadi ulushining o’sganligi qayd etildi — u 84 foizni tashkil qilgan, o’tgan yili esa bu ko’rsatkich 78 foizdan iborat bo’lgan.

Facebook daromad manbalariga oid boshqa tafsilotlarni oshkor qilmadi. Kompaniya tahlilchilar bilan o’tkazgan konferents-qo’ng’irog’i davomida 2017 yilda daromadning o’sish templari ijtimoiy tarmoqlarda reklama hajmining o’sish sur`ati sekinlashishi tufayli sezilarli darajada qisqarishi mumkinligidan ogohlantirdi. Ushbu xabar fonida kompaniya aksiyalari 7 foizga tushib ketdi.

«Biz yana bir chorakni yaxshi yakunladik. Barcha ilovalarda videolarni muvaffaqiyatli yo’lga qo’ymoqdamiz va texnologiyalar taraqqiyoti bo’yicha 10 yillik rejani bajaryapmiz», — dedi Facebook asoschisi va rahbari Mark Tsukerberg. U kompaniya «vizual muloqot uchun» yangi jihozlar, jumladan ijtimoiy tarmoqning yangi kamerasidan foydalanishini qo’shimcha qildi.

Facebook’ning oylik auditoriyasi 16 foizga o’sdi va 1,79 milliard kishini tashkil qildi. Ulardan 1 milliard nafari ijtimoiy tarmoqqa faqat mobil qurilmalari orqali kirishadi.

Tarmoqning kunlik auditoriyasi 1,18 milliard kishini tashkil qiladi (17 foizga o’sgan), ulardan 1,09 milliard nafari Facebook’ga mobil qurilmalardan kiradi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.