PUMA smartfondan boshqariluvchi krossovkalarni ishlab chiqaradi

Nike kompaniyasi dizaynerlari «Kelajakka qaytish» trilogiyasining ikkinchi filmidagi o’zi bog’lanuvchi krossovkalar yaratish g’oyasi ustida yillab bosh qotirishdi va natijada buning uddasidan chiqishdi. Biroq sport kiyimlari va aksessuarlarini ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi Puma kompaniyasi ham qo’l qovushtirib o’tirmaslikka qaror qildi va dunyoga o’zining avtomatlashtirilgan poyabzalini taqdim etdi.

Aslida, Puma krossovkalari o’tgan yili Autodiscs nomi ostida namoyish qilingandi, biroq shundan keyin ular haqida hech qanday ma`lumot berilmadi. Aftidan, ishlab chiqaruvchi o’z natijalaridan ko’ngli to’lishi uchun poyabzal konstruksiyasini qayta ishlagan ko’rinadi. Poyabzalga bog’ichlarni mustahkamlaydigan yoki aksincha, bo’shashtiradigan elektromotorlar o’rnatilgan. Bu krossovkalarning o’zidagi tugmalar yordamida yoki rasmiy mobil ilovaning ichida amalga oshiriladi. «+» belgisiga bosilganda — bog’ich mustahkamlanadi, «-» belgisida — bo’shashtiriladi.

Ko’pchiligimizga bunday tizim dangasa kishilarga mo’ljallangandek tuyuladi, ammo aslida Puma o’z mahsuloti bilan professional sportchilar, eng avvalo yugurish ustalarining talabini qondirishni ko’zlagan. Autodiscs krossovkalarining reklama roliklariga to’qqiz karra Olimpiya chempioni Useyn Bolt va professional golfchi Riki Fauler jalb etilgan.

Krossovka ishlab chiqaruvchilarining so’zlariga ko’ra, Autodiscs’ning HyperAdapt’dan (Nike) ustunlik tomonlari bor: birinchisi — bog’ichlarni tortuvchi motorlar poyabzalning tag qismida emas, ularning tilida joylashganligi bo’lsa, ikkinchisi — krossovkalarning smartfon bilan bog’langanligi. Smartfon orqali nafaqat bog’ichlar boshqariladi, balki poyabzal akakumulyatorida qancha zaryad qolgani ham nazorat qilinadi.

nike-5

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.