Xiaomi smartfondan boshqariluvchi robot-transformerni ishlab chiqardi

Xiaomi bugun o’zining 75 dollarli yangi mahsuloti — Mi Bunny Block Robot’ni namoyish qildi. Bu smartfondan boshqarish mumkin bo’lgan robot-transformerdir.

Kompaniya Mijia bilan hamkorlikda 978 detaldan iborat robot-konstruktorni taqdim qildi. Manbaga ko’ra, «o’yinchoq» uch xil shaklga kiradi. Bolalar va ularning ota-onalari «robokop», dinozavr va vertolyotdan birini  tanlashlari mumkin.

Mi Bunny Block Robot’ning o’ziga xos xususiyatlaridan biri sifatida masofadan boshqarish, blok-grafik dasturlash va muvozanatni saqlash tizimini e`tirof etish mumkin.

04-11-2016xiomar1

 

 

 

 

 

 

Robotning miyasi 32 bit’li Cortex M3 protsessori, muskullari esa bir daqiqada 133 marta aylanish tezligiga ega bir juft cho’tkasiz motor-g’ildiraklardan iborat. Unda mexanik tugunlardan tashqari, tezlikni aniqlovchi va isib ketishdan asrovchi elektron datchiklar mavjud. Darvoqe, xavfsizlik haqida: detallarni tayyorlashda ekologik toza materiallardan foydalaniladi.

Mi Bunny Block Robot smartfondan boshqariladi. O’yinchoqning harakatlarini boshqarish, masalan, raqs tushishga o’rgatish mumkin. Buning uchun unda modul-harakatlar asosida boshqaruvchi dasturiy ta`minot mavjud. Robotni boshqaruvchi ilovadan foydalanish hatto bolalarga ham qiyinchilik tug’dirmaydi.

Mi Bunny Block Robot 11 noyabrdan boshlab, hozircha faqat Xitoy hududida sotuvga qo’yiladi.

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.