Frantsiyada Samsung’ning boshqa modeli ham yonib ketgani borasida xabarlar tarqalmoqda

Frantsiyada Samsung smartfonining boshqa bir modeli yonib ketgani borasida ma`lum qilindi.

Lamia Buirdanning ta`kidlashicha, voqea 6 noyabr kuni, oilaviy uchrashuv o’tayotgan uning uyida sodir bo’lgan. Buirdanning so’zlariga ko’ra, u to’rt yashar o’g’lidan qizib ketgan , Galaxy J5 telefonini keltirishni so’ragan.
Po shahrida yashovchi ushbu fuqaro smartfoni qizib ketgani va undan tutun chiqayotgani sabab uni otib yuborgan. Shundan so’ng, Galaxy J5 yongan. Buirdanning do’sti uni tezda o’chirgan.

Frantsuzning aytishicha, smartfonni iyun oyida chegirma asosida saytdan sotib olgan. Buirdan Samsung kompaniyasiga qarshi da`vo qo’zg’ashga hozirlik ko’rmoqda. Kompaniya bu borada hech qanday izoh bermagan.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.